Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun O‘zbekiston XDP Yashnobod tuman kengashining navbatdagi III plenumi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ҳамкорлик янги имкониятлар демакдир
янв.21
📝 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Suvonqulov Sardor Qurbonali o'g'li tomonidan Parvoz MFYda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati O.Buzuruxodjayeva “Iltifot” MFYda mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Natalya Yurevna Odintsova “Katta Yangiobod” mahallasida fuqarolar murojaati asosida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yubordi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Odintsova Natalya Yurevna tomonidan Katta Yangobod mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va muammolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Qalqon mahallasida salomatlik aksiyasi o‘tkazildi
Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🏛 Mazkur deputatlik so‘rovi Mirobod tumani “Yangi Qo‘yliq” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ko‘tarilgan murojaatlar asosida shakllantirilgan.

📝 Deputat tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar hududdagi yashil maydonlarni sug‘orish tizimi bilan bog‘liq muammolarni ko‘targan. Murojaatlar yuzasidan hududda joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan.

🔎 O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, “Yangi Qo‘yliq” MFY hududida 2023-yilda ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar to‘liq sug‘orish tizimi bilan ta’minlangan. Biroq, 2024-yilda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan qurilish ishlari jarayonida ushbu sug‘orish tizimi to‘liq olib tashlangan.

📉 Shuningdek, 2025-yilda mahalla hududidagi 17–26-sonli ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlarda sug‘orish tizimi qayta tiklangani, ammo 1–16-sonli uylar atrofida mavjud 300 dan ortiq ko‘p yillik manzarali daraxtlar hamda 400 dan ziyod yangi ekilgan ko‘chatlarga qaramasdan, sug‘orish tizimi hanuzgacha o‘rnatilmagani qayd etilgan.

📁 Shu munosabat bilan deputat Sevara Fayziyeva “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasidan:

🔺 “Yangi Qo‘yliq” MFY hududidagi 1–16-sonli uylar atrofida sug‘orish tizimi o‘rnatilmaganligi sabablarini;

🔺 hududdagi daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish taqdim etishni so‘radi.

💡 Deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotdan ushbu masala yuzasidan 10 kun muddat ichida rasmiy javob taqdim etish talab qilingan.

🗣Shuningdek, deputatlik so‘rovida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish, uni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatib o‘tilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1