Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Yashnobod tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Buzurukxodjayeva Ozodaxon Isaxanovna tomonidan tumanda yashab kelayotgan hayot tajribasiga ega, piru badavlat onaxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari Po‘latov Xayrulla Lutpullayevich va Kerimov Alisher Sabirovich tomonidan M.Ashrafiy mahallasi hududida joylashgan futbol sport maydoni holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xudoyarov Baxrom Ziyavutdinovich va tumandagi nuroniylar shahar miqyosida o‘tkazilgan futbol sport musobaqasida ishtirok etdi.
янв.21
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan Yashnobod MFY hududida joylashgan 204-sonli, 244-sonli hamda 166-sonli umumta’lim maktablari faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Avval xabar qilinganidek, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati S.Suvonkulov tomonidan “Parvoz” MFY aholisidan kelib tushgan murojaat asosida deputat so‘rovi yuborilgan edi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati S.Suvonkulov tomonidan “Parvoz” MFY aholisidan kelib tushgan murojaat asosida tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Yashnobod tumanida avlodlar uchrashuvi – tajriba va shijoat uyg‘unligi!
янв.21
📍 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati N.Abduroziqova tomonidan Shirinobod mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman ekologiya va iqlim o'zgarishi bo'limi tomonidan o‘rganish olib borildi
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bilan magistrantlar hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan ta’lim, ilmiy izlanish va kasbiy faoliyatga oid masalalar muhokama qilindi. Xususan, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilib, ilmiy ishlarning sifatini oshirish, ularni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda himoyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar hamda o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6