Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun O‘zbekiston XDP Yashnobod tuman kengashining navbatdagi III plenumi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ҳамкорлик янги имкониятлар демакдир
янв.21
📝 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Suvonqulov Sardor Qurbonali o'g'li tomonidan Parvoz MFYda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati O.Buzuruxodjayeva “Iltifot” MFYda mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Natalya Yurevna Odintsova “Katta Yangiobod” mahallasida fuqarolar murojaati asosida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yubordi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Odintsova Natalya Yurevna tomonidan Katta Yangobod mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va muammolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Qalqon mahallasida salomatlik aksiyasi o‘tkazildi
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur komissiya yig‘ilishida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi ham ishtirok etdi.

📝 Yig‘ilishda kun tartibiga muvofiq uchta muhim masala ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

📁 Dastlab deputatlar Ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati, tabiiy gaz ta’minoti holati hamda kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Mo‘minov Obidjon Odilovichning hisobotini tinglab, atroflicha muhokama qildi.

📉 Shuningdek, kun tartibidagi keyingi masala Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “Toshkent shahrining «Dizayn-kodi» qoidalarini amaliyotga joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2026-yil 17-fevraldagi VII-19-17-14-0-K/26-sonli qaroriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoni tomonidan taqdim etilgan xulosa ham muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan yuzasidan “Toshkent invest kompaniyasi” AJ Strategik rivojlantirish masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari Kadirov Rustam Shuhratovich deputatlarga hisobot berdi.

🔺 Unda dizayn-kod qoidalarining ayrim bandlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqulaylik tug‘dirishi mumkinligi, ayrim tushunchalarning aniq belgilanmagani hamda qarorni amaliyotga joriy etishda bosqichma-bosqich yondashuv zarurligi qayd etilgan. Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shaharning zamonaviy va estetik qiyofasini shakllantirish bilan bir qatorda, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi hamda “Dizayn-kod” talablarini takomillashtirish, ularni tadbirkorlik subyektlari uchun qulay va tushunarli shaklda joriy etish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda ishlab chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

💡 Yig‘ilish davomida deputatlar Yunusobod tumani “Adolat” MFY hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Rasulov Akmal Asqaroviching hisobotini komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqdi.

🔎 Kun tartibidagi so‘nggi Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan “Toshkent invest kompaniya” AJ boshqaruv raisi Shakirov Bahrom Askaraliyevich hisobot berdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan eshitilib muhokama qilindi.

🗣 Yig‘ilish yakunida deputatlar hamda ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10