Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati X.Abduvohidov tumanda dehqon xo‘jaligi bilan shug‘ullanish maqsadida yer olib faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularning holati bilan yaqindan tanishildi.
Ko‘tarilgan masalalar tegishli mas’ullar bilan birgalikda joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yer olib dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning daromadini oshirish, yer resurslaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.