Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar joylarda: o‘rganish va muloqot
янв.21
Deputat nazorati: rejali ishlar bilan tanishildi
янв.21
Murojaat asosida amaliy chora ko‘rildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: aholi muammolari e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot: masalalar o‘rganildi
янв.21
Deputat joylarda muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Safarov Rustam Dusiyorovich, Barkamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Odintsova Natalya Yurevna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 3-Poshxurt saylov okrugi deputati, I.Nuruddinov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janzarov ishtirokida “Poshxurt” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglab, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar hamda tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, saylovchilar mavjud muammolar va o‘z takliflarini bevosita deputatga yetkazib, ularning yechimi yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, aholining ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3