Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Odintsova Natalya Yurevna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
📌Tumanda yo‘l ta’miri jarayoni deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MAHALLADA HUQUQIY TARGʻIBOT
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati B. Xudoyarov 156-maktabda yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi — faol va bardam hayot asosi!
янв.21
Deputat va yoshlar
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Xudayarov Baxrom Ziyavutdinovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Vapayeva Yorqinoy Matyakubovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
SARIKUL MAHALLASIDA ZAMONAVIY SPORT MAYDONI QURILMOQDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tomonidan tumandagi Sarikul mahallasida joylashgan 17-umumta’lim maktabi hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Mazkur sport maydoni 2025-yil 2-mavsum “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholi tashabbusi bilan g‘olib deb topilgan bo‘lib, ayni paytda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Loyihaga muvofiq, ushbu zamonaviy sport maydonini barpo etish uchun jami 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ishlari sendvich-panel texnologiyasi asosida amalga oshirilayotgani esa inshootning mustahkamligi va zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlaydi.

Deputat tomonidan qurilish jarayoni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur sport maydoni foydalanishga topshirilgandan so‘ng, mahalladagi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Slide 1 of 4