Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Vapayeva Yorqinoy Matyakubovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi — yechimlar nazoratda!
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv — har bir inson taqdiri e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 2-Do‘stobod saylov okrugi deputati Mirsaidov Mirdjamal Mirdjalalovich tomonidan Do‘stobod mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining qo‘shma yig‘ilishi va 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Rasulov Ibrohim Xabibullayevich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati S. Suvonqqulov mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 31-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida, deputat O. Buzurukxodjayeva 244-maktabda o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bitiruvchilar e’tibor markazida: deputat bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining 11-Muqumiy saylov okrugi deputati Zoir Shodmonov Bog'ishamol mahallasidagi Jizzax davlat pedagogika texnikumi bitiruvchilari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha suhbatlashildi.

Deputat bitiruvchilarga zamonaviy kasblarni egallash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish zarurligini ta’kidlab, ularni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undadi. Shuningdek, yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Zoir Shodmonov bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat tilab, ularning har biri o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi.

Slide 1 of 4