Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar joylarda: o‘rganish va muloqot
янв.21
Deputat nazorati: rejali ishlar bilan tanishildi
янв.21
Murojaat asosida amaliy chora ko‘rildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: aholi muammolari e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot: masalalar o‘rganildi
янв.21
Deputat joylarda muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Safarov Rustam Dusiyorovich, Barkamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Odintsova Natalya Yurevna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar: aholi muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

📌 Yakkasaroy tumanida manzilli o‘rganishlar: aholi muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 3-Damariq saylov okrugi deputati Yoqubov Nodirjon Nazirulla o‘g‘li, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li, Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li hamda “Damariq” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikda hududda keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida tashkil etildi. Jarayonda mahalla raisi Nazokat Tashpulatova, hokim yordamchisi Aziz Masharipov, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Kamola Djurayeva, xotin-qizlar faoli Gulchehra Ismailova, yoshlar yetakchisi Dilshod Rayimov hamda profilaktika inspektori Javohir Iskandarov faol ishtirok etdi.

Ishchi guruh tomonidan 24 ta tavsiya asosida hududlarda yurib chiqildi. Har bir xonadon bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, fuqarolarning turmush sharoiti, mavjud muammolari, ehtiyojlari hamda takliflari o‘rganildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ishsiz fuqarolar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Damariq mahallasi Abdulla Qahhor ko‘chasi 26-uy 48-xonadonda vaqtincha yashab kelayotgan Alisher Azamov hokim yordamchisi tomonidan "RAVON TEKSTIL GARMENT" mas’uliyati cheklangan jamiyati ip yigirish sexiga doimiy ishga joylashtirilgani ma’lum qilindi. Mazkur ishga joylashtirish orqali fuqaroning barqaror daromad manbai yaratilgani, uning ijtimoiy holatini yaxshilashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, unga mehnat faoliyatini samarali olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani hamda kelgusida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan fuqarolarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishidagi dasturlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Hududlarda bu kabi manzilli o‘rganishlar tizimli ravishda davom ettirilib, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 1