Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar joylarda: o‘rganish va muloqot
янв.21
Deputat nazorati: rejali ishlar bilan tanishildi
янв.21
Murojaat asosida amaliy chora ko‘rildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: aholi muammolari e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot: masalalar o‘rganildi
янв.21
Deputat joylarda muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Safarov Rustam Dusiyorovich, Barkamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Odintsova Natalya Yurevna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz tuman hokimi Sh.Kalandarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-386-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.

Unda mazkur qaror doirasida hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, investitsiya loyihalarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha yoritildi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olingani ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida ushbu qaror ijrosini yanada jadallashtirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6