Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla idorasida aholi bilan uchrashuv jarayoni
янв.21
Tashabbusli loyiha ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Hududdagi ob’yekt holati o‘rganildi
янв.21
Xalq bilan muloqot: Mahalla yettiligi bilan ishlash tizimi amalda
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati X.Pulatov "Ahmad Yassaviy" mahallasi aholisi murojaatlari asosida tegishli tashkilotga deputatlik so'rovi yubordi.
янв.21
Deputatlar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Yunusobod va Yashnobod tumanlari Kengashlarining navbatdagi qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Sayyor qabulda deputatlar ishtirok etdi
янв.21
Yashnobod tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
Qo‘yliqobod saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Firibgarlikdan ogoh bo`ling — dolzarb mavzu muhokamada!

 Jalaquduq tumanida aholi o`rtasida huquqiy ong va moliyaviy xavfsizlikni oshirish maqsadida muhim
davra suhbati tashkil etildi. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati B.Bazarova tashabbusi bilan tuman Kadastr bo`limi xodimlari ishtirokida “Firibgarlikdan ogoh bo`ling” mavzusida ochiq muloqot o`tkazildi.
 

Davra suhbati davomida bugungi kunda keng tarqalayotgan firibgarlik turlari, ayniqsa internet va telefon orqali amalga oshirilayotgan aldovlar haqida atroflicha ma`lumotlar berildi. Fuqarolarni bunday holatlardan himoya qilish, shaxsiy ma`lumotlarni asrash va shubhali takliflarga aldanmaslik bo`yicha tavsiyalar berildi. Tuman Kadastr bo`limi
rahbari o`rinbosari K.Baxtiev ham so`zga chiqib, sohada uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, kadastr xizmatlaridan foydalanishda aholi ehtiyotkor bo`lishi lozimligi ta`kidlandi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bunday tadbirlar aholi o`rtasida huquqiy madaniyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.  

Slide 1 of 4