Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot: masalalar o‘rganildi
янв.21
Deputat joylarda muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Safarov Rustam Dusiyorovich, Barkamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Odintsova Natalya Yurevna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
📌Tumanda yo‘l ta’miri jarayoni deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MAHALLADA HUQUQIY TARGʻIBOT
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati B. Xudoyarov 156-maktabda yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi — faol va bardam hayot asosi!
Elektr ta’minotini yaxshilash yo‘lida muhim tashabbus

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Xolmuratova tomonidan A.Temur, Samarqand hamda Sazag‘an MFYlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida muhim deputat so‘rovi yuborildi.

️Mazkur so‘rov orqali ushbu hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVa f-Pastdarg‘om elektr uzatish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish masalasi ko‘tarildi. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar hamda hududdagi mavjud muammolar chuqur o‘rganilib, elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

️Ushbu rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi natijasida yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati bo‘ladi.

️Deputat tomonidan ilgari surilgan tashabbus infratuzilmani rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1