Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya oldidan doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi


Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, shahar iqtisodiyoti hamda aholi farovonligiga daxldor masalalarni tahlil qilish maqsadida Kengash doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda doimiy komissiyalar raislari, ekspert guruhi a’zolar, deputatlar, Kengash kotibiyati mas’ullari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i F.Mengliyevning 2026-yil II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Yig‘ilishning asosiy masalalaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘ldi.

Mazkur qarorga asosan 2026-yilda Termiz shahrida 29,2 ming nafar aholini bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Shundan:

🔹 7,2 ming nafar aholini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;

🔹 18,8 ming nafar aholining daromadini oshirish;

🔹 3,2 mingta ish o‘rnini “soyadan chiqarish” vazifalari belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan dastur Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 9-fevraldagi VII-18-14-8-121-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

📈 2026-yil yanvar–iyun oylarida 14 384 nafar aholini yangicha yondashuvlar asosida daromadli mehnat bilan band qilish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda ushbu ko‘rsatkich 116 foizga bajarilib, 20 968 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Shundan:

✅ Doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish rejasi 3 214 nafar bo‘lib, amalda 131 foizga bajarildi va 4 211 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.

Jumladan:

🔹 investitsiya loyihalari hisobidan — 168 nafar;

🔹 xizmat ko‘rsatish va servis loyihalari hisobidan — 1 517 nafar;

🔹 qishloq xo‘jaligi sohasida — 17 nafar;

🔹 qurilish sohasida — 163 nafar aholi bandligi ta’minlandi.

💳 Shuningdek, 1 795 nafar aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1 842 nafar fuqaro kredit, subsidiya, ssuda va boshqa moliyaviy ko‘maklar bilan ta’minlandi.

📌 Aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishida esa 8 620 nafar fuqaro rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 13 382 nafar aholining daromadlarini oshirishga erishildi. Bu ko‘rsatkich 155,2 foizni tashkil etdi.

👥 Norasmiy bandlikni qisqartirish, ya’ni ish o‘rinlarini “soyadan chiqarish” yo‘nalishida ham ijobiy natijalarga erishildi. Rejadagi 2 550 ta norasmiy ish o‘rniga amalda 3 375 ta ish o‘rni qonuniy faoliyatga chiqarilib, reja 132,4 foizga bajarildi.

📊 Doimiy komissiyalar tomonidan hisobot tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Hisobot yuzasidan deputatlar:

🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish;

🔹 aholi daromadlarini oshirish;

🔹 kambag‘allikni qisqartirish;

🔹 norasmiy bandlikni kamaytirish;

🔹 aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samaradorligi;

🔹 “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda xonadonbay ishlash

masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Deputatlar ayrim ko‘rsatkichlarning amaliy ijrosini saylov okruglaridagi real holat bilan solishtirib, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga savollar berdi. Xususan, norasmiy bandlikni qisqartirish sur’atlari, ajratilayotgan subsidiya va imtiyozli kreditlarning aholi daromadlariga real ta’siri hamda ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash samaradorligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

⚖️ Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, ko‘rib chiqilgan masala hamda tegishli qaror loyihasini Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

📌 Aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2