Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
HAFTALIK DAYJEST:

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:

#Madad_NNT_hamkorlik
📌 Davlat xizmatlari markazida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri
O. Tursunov, 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputat
Q. Raxamov hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov ishtirokida Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurildi.

💠Buyuk Ipak yo‘li mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar boshlandi

➡️ Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich tomonidan Buyuk Ipak yo‘li mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masalla_yuzasidan
📌 “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini ajratish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Kengashning 26-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

#Ish_reja_ijrosi
📍 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich “Poshxurt” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📍 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati Eshmurodova Zulfizar Xo‘shboqovna “Qulluqsho” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#24_ta_masala
#kuz_qish_mavsumiga_tayorgarlik
🏫 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xo‘jaqiya-1 mahalla hududida joylashgan 10-son umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

#24_ta_masala
#Oylik_ish_reja_ijrosi
👥 Ijtimoiy xodimning faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi asosida “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi M. Turdiyevaning faoliyati o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
🏗 Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Choriyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Sherobod mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

#Navbatdagi_sessiya_kun_taribi
19¹-modda
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👤 Yig‘ilishni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi
O. Tursunov olib bordi.

📋 Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.

📌 Xalq deputatlari sherobod tumani kengashining navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Sherobod tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

📝 Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan 5 ta dolzarb masala atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1