Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
#sessiya

Sessiya ishida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi birinchi o‘rinbosari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

✍️Kun tartibida quyidagi  masalalar muhokama qilindi:

1. Olmaliq shahar mahalliy budjetining 2-chorak davomida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘lar yo‘naltirish to‘g‘risida;
2. Olmaliq shahar mahalliy budjetining 2026-yil 2-chorak daromadlar hamda xarajatlar ijrosi, 2-chorak davomida kiritilgan o‘zgartirishlar hamda 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalar ijrosi to‘g‘risida;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli Qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari to‘g‘risida;
4. Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2025-2026 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
5. O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Olmaliq shahar bo‘limining 2026-yil yanvar-iyul oylarida “Mahalla budjeti” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi to‘g‘risida;
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari haqida”gi KQ-360-V-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida;
7. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil 25-iyuldagi
VII-47-64-10-147-K/26-sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, doimiy komissiya raislari xulosalari eshittirildi. Shahar rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar bir ovozdan ma'qullandi va tasdiqlandi.

Slide 1 of 10