Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining VII chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining VII chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

✅1. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi
PQ-438-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimining o‘rinbosari D.Musurmonov

✅2.Bandixon tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Nazarov Voxid Raxmonberdiyevichning davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2026 yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi:Bandixon tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i V.Nazarov

✅3.Tumanda joriy yilning o‘tgan davrida elektr energiyasi, xususan, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish va energiya samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Bandixon TETK boshligi Y.Toshboyev

✅4.“Bandixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i A.Ochildiyevning tumandagi tabiiy va suyultirilgan gaz iste’molchilarini uzluksiz gaz bilan ta’minlash bo‘yicha ,amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida

Ma’ruzachi:“Bandixon tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i A.Ochildiyev

✅5.Bandixon tumanida 2026-yil 2-mavsum 15-iyuldan 31-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Openbudjet.uz” rasmiy veb sayti orqali tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayoni yakuni bilan g‘olib deb topilgan eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

✅6.Bandixon tumani mahalliy budjetining II-chorak yakunida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish hamda xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2026-yil 24-iyuldagi VII-25-57-8-211-K/26-son qarori o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida..

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

✅7.Bandixon tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida..

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

✅8.Tuman hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

✅9.Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2026-yil 31 martdagi “Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № VII-20-26-8-211-K/26-son qarorigi o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
Slide 1 of 16