35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlarining iyul oyida chiqarilgan “Deputat sorov”lar manitoringi
янв.21
Deputat Nazorati
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati  B.Baxovadinov tomonidan tuman Soliq inspeksiyasida mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari faoliyati hamda ularga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilish holati o‘rganildi.
🖋O‘rganish davomida soliq inspektori tomonidan tadbirkorlik subyektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar bilan ishlash, soliq tushumlarini oshirish, norasmiy bandlikni qisqartirish, soliq qonunchiligi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, yangi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi iqtisodiy faollikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Soliq to‘lovchilarni hisobga olish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, soliq qarzdorligini kamaytirish, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sayyor qabullarni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

✅Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining qonunchilik talablariga muvofiq bajarilishi;
✅ Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga soliq xizmatlarining sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatilishi;
✅ Soliq qarzdorligini kamaytirish, soliqlarni undirish va budjetga tushumlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
✅Soliq to‘lovchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berish;

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 2