Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

📍 24 ta tavsiyaviy savolnoma doirasida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
B. Xoliqjonova ishtirokida “Ziyokor” MFYda yoshlar yetakchisi D. Jabborova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlar bandligi hamda bitiruvchi yoshlar masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi bitiruvchi yoshlarning ta’lim olishi va bandligi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📊 “Ziyokor” mahallasida jami 27 nafar bitiruvchi yosh mavjud bo‘lib, ularning barchasi ta’lim va mehnat faoliyatiga jalb etilgani aniqlandi.

Jumladan:
▫️ 17 nafar — umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari;
▫️ 4 nafar — professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari;
▫️ 7 nafar — oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari.

✅ Bitiruvchi yoshlarning ta’lim olishi hamda mehnat faoliyati bilan qamrab olinishi 100 foizni tashkil etmoqda.

📌 Shuningdek, mahallada yoshlarni oliy va professional ta’limga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlariga joylashtirish hamda kelgusidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilayotgani o‘rganildi.

🤝 Yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlash — ularning kelajagi bilan bir qatorda, mahalla taraqqiyotining ham muhim omilidir.

Yoshlar masalasi — doimiy e’tibor va amaliy nazoratda!

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 4