Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
YASHIL MAKON — OBOD VA FAROVON YURT POYDEVORI

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini sarhisob qilish uchun muhim fursatdir.

Mustaqillik yillarida yurtimizda barcha sohalar qatori atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Bugungi kunda bu boradagi ezgu ishlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida izchil davom ettirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-47-son “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan yashil maydonlarni kengaytirish, mavjud yashil hududlarni samarali boshqarish va ekologik barqarorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

Bu ishlarning amaliy natijalarini Ishtixon tumanida ham yaqqol ko‘rish mumkin. 2026-yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda mevali, manzarali va buta daraxt ko‘chatlari ekilib, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tuman hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 14 mingdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil belbog‘lar” barpo etilmoqda. Barlos mahallasida 0,35 gektar maydonda 450 tup mevali va manzarali ko‘chat ekilib, Ekologiya bog‘i tashkil etildi.

Shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish bilan bir qatorda, ularni saqlash va parvarishlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Gulobod mahallasida 1650 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil bog‘” tashkil etilgan bo‘lsa, Qoraqo‘yli va Ko‘tarma mahallalaridan o‘tuvchi yo‘l atrofiga 2200 dona manzarali daraxt ekildi.

“Yashil makon” loyihasining eng muhim jihati — daraxt ekish bilangina cheklanib qolmasdan, ekilgan nihollarni asrab-avaylash va parvarish qilishdir. Zero, bugun ekilgan har bir daraxtning ertaga ildiz otib, yashab ketishi va yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishi, avvalo, bizning mas’uliyatimizga bog‘liq.

Shu maqsadda tumanda 2026-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 700 ming dona ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Buning uchun daraxt ekiladigan yer maydonlari tuman hokimligi bilan hamkorlikda tanlab olinib, zarur hududlarda yer osti quduqlarini qazish, shuningdek, hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga mos daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari tashkil etilmoqda.

Bugungi islohotlarning yana bir muhim jihati — aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishdir. Tabiatni asrash faqatgina mas’ul tashkilotlarning emas, balki har birimizning fuqarolik burchimizdir. Ona tabiatga mehr, daraxt va nihollarga e’tibor, yashil hududlarni asrab-avaylash — kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizning amaliy ifodasidir.

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida oldimizda turgan eng ezgu maqsadlardan biri — obod, ko‘rkam, ekologik jihatdan barqaror va kelajak avlod uchun munosib yurt barpo etishdir. “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ana shu ulug‘ maqsadga xizmat qilmoqda.

Men deputat sifatida tumanimizda bu boradagi ishlarning samarali tashkil etilishi, ekilgan ko‘chatlarning parvarishi va yashil hududlarning asrab-avaylanishiga jamoatchilik vakili sifatida o‘z hissamni qo‘shishni muhim vazifa deb bilaman. 

Slide 1 of 1