Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
TA’LIMGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR: DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️TA’LIMGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR: DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova o‘zi saylangan hududdagi “Ko‘tarma” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi va “mahalla yettiligi” bilan birgalikda ta’lim va tarbiya muassasalarida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Tashrif doirasida 322-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 181-sonli umumta’lim maktabi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Dastlab deputat “Ko‘tarma” MFY hududida joylashgan, ijtimoiy jihatdan alohida e’tibor va parvarishga muhtoj bolalar tarbiyalanayotgan 322-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’mirdan keyingi faoliyati bilan tanishdi. Jamila Shermuhammedova mazkur muassasada olib borilgan ta’mirlash jarayonlarini avval ham bevosita o‘rganib borgan bo‘lib, bu gal bajarilgan ishlarning natijasi va bolajonlar uchun yaratilgan yangi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

🔺 Ayni paytda mazkur muassasada 68 nafar bola tarbiya va davolash jarayonlariga jalb etilgan. Yangilangan sharoitlar tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay muhit yaratgani qayd etildi. Muassasa rahbari hamda ota-onalar amalga oshirilgan ishlardan mamnun ekanini bildirib, deputat Jamila Shermuhammedovaga minnatdorlik izhor etdilar.

📉 Bog‘chaning ta’mirdan chiqarilib, bolajonlar uchun chiroyli va qulay sharoitlar yaratilgani O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasidagi o‘ziga xos bayram tuhfasiga aylandi. Deputat tarbiyachilar va bolajonlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

🔔 Shundan so‘ng Jamila Shermuhammedova mahalla raisi va “mahalla yettiligi” bilan birgalikda “Ko‘tarma” mahallasidagi 181-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Deputat maktab jamoasi, ustozlar va o‘quvchilarga Prezidentning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigini yetkazdi.

📚 Tadbir davomida deputat sinfxonalarga kirib, o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qildi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilarining kelajak haqidagi orzu va maqsadlari katta taassurot qoldirdi. Bolajonlar kelajakda shifokor, dizayner, olima bo‘lish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish kabi ezgu niyatlarini bildirdilar.

🎓 11-sinf o‘quvchilari bilan muloqotda esa ularning kelajak kasbiga oid aniq maqsadlari haqida suhbatlashildi. Yoshlar IT va startap yo‘nalishlari, matematika, kimyo, yadro fizikasi, menejment va marketing kabi zamonaviy sohalarda mutaxassis bo‘lish istagini bildirdilar. Deputat yoshlarning bugundanoq o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, zamonaviy bilim va kasblarni egallashga intilayotganini alohida e’tirof etdi.

💡 Jamila Shermuhammedova yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga munosib zamin yaratishda ustozlar hamda ota-onalarning mehnati katta ahamiyatga ega ekanini qayd etib, ularga minnatdorlik bildirdi.

📋 Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari — bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, ta’lim muassasalari faoliyatini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga e’tiborni kuchaytirish hamda yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bilan hamohangdir.

🤝 Deputat Jamila Shermuhammedova o‘z saylov okrugidagi ta’lim va ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, bolalar uchun munosib sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashish hamda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni deputatlik e’tiborida tutish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10