Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Maqola

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu maqsadda ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yurtimizning barcha hududlarida daraxt va butalar ekish, yangi bog‘lar hamda yashil hududlar barpo etish ishlari izchil davom etmoqda. 

Daraxtzorlarni ko‘paytirish nafaqat hududlarni obod va ko‘rkam qilish, balki ekologik muvozanatni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yashil hududlar havoni tozalash, chang va zararli moddalarni kamaytirish, yozning issiq kunlarida soya-salqinlik yaratish hamda tuproq eroziyasining oldini olishga xizmat qiladi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari, ayniqsa, mahallalar, yo‘l bo‘ylari, ta’lim va tibbiyot muassasalari hududlari, korxona va tashkilotlar atrofi hamda bo‘sh maydonlarni obodonlashtirish bilan uyg‘un holda olib borilmoqda. Bu jarayonda manzarali va mevali daraxtlarni ekish, ularni parvarishlash, sug‘orish va asrashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Eng muhimi, loyiha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga ham katta turtki bermoqda. Zero, har bir ekilgan nihol - kelajak uchun qilingan ezgu sarmoyadir. Bugun biz ekkan daraxtlar ertaga farzandlarimiz va nabiralarimiz uchun sog‘lom muhit, musaffo havo va go‘zal tabiat bag‘ishlaydi.

Xo‘jayli tumanida ham hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, mahallalar qiyofasini yanada obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada jamoatchilik, mahalla faollari, yoshlar, korxona va tashkilotlar hamda deputatlarning faol ishtiroki yaxshi samara bermoqda.

Ayniqsa, yosh avlodni tabiatga mehr va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, ularni daraxt ekish va uni parvarishlash ishlariga jalb etish kelajak uchun muhim vazifadir. Chunki ekologik madaniyat bolalikdan shakllanadi va har bir insonning kundalik hayotida namoyon bo‘ladi. 

"Yashil makon" - bu shunchaki daraxt ekish kampaniyasi emas, balki yurtimiz kelajagini yashil, obod va farovon qilishga qaratilgan keng qamrovli harakatdir. Har bir niholga e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yondashsak, mahallalarimiz yanada ko‘rkam, havomiz musaffo, tabiatimiz esa yanada boy va go‘zal bo‘ladi.

Yashillikni ko‘paytirish - tabiatni asrash, tabiatni asrash esa kelajakni asrashdir!

Z.Klochkov
Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi deputati