Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
ULUG‘BEK ZIYODULLAYEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI ULUG‘BEK ZIYODULLAYEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 22-“Bog‘obod” saylov okrugidan saylangan deputati Ulug‘bek Ziyodullayev saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda fuqarolar murojaatlari yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda Uchtepa tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Kengashi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla faollari va hudud jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

📝 Axborotda ta’kidlanganidek, deputat chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida, shuningdek mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar yo‘nalishidagi doimiy komissiyalar faoliyatida ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan takliflar ilgari surdi.

📍 Saylov okrugidagi mahallalarda fuqarolar muammolarini joyiga chiqib o‘rganish deputat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Jumladan, “Davlatobod” mahallasidagi Farhod ko‘chasi 27a-uy atrofida noqonuniy tuproq to‘kish va yo‘l ochish holati o‘rganilib, qonuniylikni ta’minlash hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida Uchtepa tumani hokimi nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔺 Shuningdek, “Chamanzor” mahallasida hudud infratuzilmasi, obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilashga oid masalalar o‘rganildi. “Oq Masjid” mahallasida esa mahalla faollari va nuroniylar bilan uchrashuvlar davomida hududdagi ijtimoiy va ma’naviy muhit, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

📨 Hisobot davrida fuqarolar bilan bevosita muloqotga alohida e’tibor qaratilib, jami 24 marotaba fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Murojaatlarning asosiy qismi uy-joy kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy masalalar, infratuzilma, obodonlashtirish va hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etishga oid bo‘ldi.

🔎 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ayrim masalalar joyida muhokama qilinib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan murojaatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuborildi. Ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

📋 Shuningdek, deputatlik faoliyatida ochiqlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar, o‘rganishlar va hududlardagi muammolar yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam axborot berib borilgani qayd etildi.

✅ Uchrashuv yakunida Ulug‘bek Ziyodullayev Davlatobod, Chamanzor, Oq Masjid hamda 22-“Bog‘obod” saylov okrugidagi boshqa mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish, infratuzilma va obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5