Fuqarolar muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bandixon tumanidagi “xo'jayipok” mahallalasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Omonullayev ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi va yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tildi.
Uchrashuv so‘nggida yoʻlni asfalt qilish, maktab oldida yoʻl belgisi qoʻyish, ichimlik suvi muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.
https://t.me/bandixon_deputatlari