Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urimbayeva Muqaddas "Shodiyona" mahallasi yettiligi bilan uchrashib mumammolarini o'rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlari D.Tursunkulov hamda I.Xodjakulovalar Mahalla yettiligi bilan birgalikda "Yuksalish"MFY da obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi 14-Davlatobod saylov okrugidan saylangan deputat Jamoliddin Komilov Davlatobod mahallasi "Alisher Navoiy" va "Yangi oy" ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan o‘rganishlar o'tkazdi.
янв.21
🇺🇿🇺🇿💪"Payshanba profilaktika kuni" doirasida «Yoshlar, talabalar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha profilaktik» tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Депутат томонидан Янгиер шахар 4 умумтаълим мактабида бошлангич синф дарс жараенлари кузатилди.
янв.21
Халқ депутатлари ЎзЛиДеП Янгиер шаҳар Кенгаши депутати Сохиба Ғаффарова Махалла ешлар етакчиси билан биргаликда Серкуеш кучаси 1 уй 7 хонадонда яшовчи ўкув машғулотларига сабабсиз қатнашмаетган тарбияси оғир ,носоглом турмуш шароитида яшаетган А.Лаптива хонадонига бориб оилавий мухит ўрганилди.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Yangiyer shahar A.Jomiy mahallasida joylashgan 7-umumta'lim maktabida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida jinoyat muhokamasi bo'lib o'tdi.Yangiyer shahar kengashi deputati Z.Jo'rayev, A.Jomiy mahallasi profilaktika inspektori I.Sangirov, Milliy Gvardiya inspektor-psixologi O'.Niyozov,A.Jomiy mahallasi yettiligi hamda makatab mamuriyati tomonidan jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
"Deputat maxallada" loyihasi doirasida xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Muqaddas Urumbayeva xonadonlarga tashrif buyurdi va aholi muammolarini o’rgandi
янв.21
Maktab va maktabgacha ta’lim faoliyati o’rganildi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Shadiyeva Zuxra Tursunovna tomonidan Yangiyer shahridagi Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limida uchrashuv tashkil etildi. Dastlab uchrashuvda bo’lim mudiri Ibragimov Dilshod Baxodirovich bilan Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limining faoliyati hamda shahardagi umumta’lim maktablarida Inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va bu boradagi yechimini kutayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Zaxro Kurbonboeva "Deputat mahallada"loyixasi doirasida "Navruzobod"MFY xududida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktida bo’ldi, tibbiyot muassasi tomonidan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar shart-sharoiti bilan tanishdi. Shuningdek Ra’no Ernazarova xonadonida bulib, uzoq vaqtdan buyon bemor yetgan ushbu fuqaroga amaliy yordam surab shaxar Tibbiyot birlashmasiga"deputat surovi" yuborishga kelishildi
MIROBOD TUMANIDA TOSHKENT SHAHAR XALQ QABULXONASI HAMDA DAVLAT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN SAYYOR QABULDA, DEPUTATLAR ISHTIROK ETDI

Toshkent shahar Xalq qabulxonasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyati va tuman hokimligi bilan hamkorlikda, “G‘. G‘ulom” nomidagi 3-sonli madaniyat markazida sayyor qabul tashkil etildi. 

Unda Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri Tohir Mullajonov, Davlat xizmatini rivojlantiriah agentligi Toshkent shahar filiali rahbari o’rinbosari B.Ibragimov, tuman xalq qabulxonasi mudiri Ibragim Akramov, hokim o‘rinbosari Feruza Madaminova, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, shuningdek, tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi. 

Sayyor qabulda 28 nafar fuqarolarning turli masalalarda 43ta murojaatlari tinglandi. 

Shundan tibbiyot sohasiga bog‘lik 2ta, bank faoliyatiga oid 2ta, bandlik masalasiga oid 3 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi,15 ta murojaatlar huquqiy maslahat berish orqali qanoatlantirildi, qolgan 21 ta murojaatlar hal qilish uchun tegishliligigacha idoralarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Slide 1 of 7