Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi raisi Komilov Jamoliddin Karimjonovich tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. 🟢 Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, yotoqxona infratuzilmasi va yaratilgan imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi. 📇 O‘rganish jarayonida talabalarning kundalik ehtiyojlari, ovqatlanish, tozalik, xavfsizlik, axborot texnologiyalari bilan ta’minlanish darajasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar alohida ko‘rib chiqildi. Yotoqxonada olib borilgan ta’mirlash ishlari, isitish tizimlari, sanitar holat, umumiy foydalanish xonalari faoliyati bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 💎Telegram (https://t.me/YangiyerDeputatlari) 📷Instagram (https://www.instagram.com/yangiyer_deputatlari?igsh=cnNwaWVhbWRwbGVh) 💎Facebook (https://www.facebook.com/share/1EVBg8VgTh/) 🎥 Youtebe (https://www.youtube.com/results?search_query=Yangiyer+shahar+kengash)
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
🇺🇿 XALQ BILAN BIRGA — EL MANFAATI YO‘LIDA!

🤝 Xalq deputati sifatida bildirilgan ishonch men uchun, avvalo, katta sharaf, shu bilan birga, ulkan mas’uliyatdir. Bu ishonchni oqlash uchun xalqimizning dard-u tashvishlariga befarq bo‘lmasdan, har bir murojaat va taklifga e’tibor bilan yondashish muhim, deb hisoblayman.
💬 Deputatlik faoliyatim davomida saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini topishga ko‘maklashishni ustuvor vazifa sifatida belgilayman.
🏡 Mahallalarimiz obodligi, aholimizning munosib turmush sharoitiga ega bo‘lishi, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilishi va fuqarolarimiz manfaatlarining himoya qilinishi yo‘lida bor bilim, tajriba va imkoniyatlarimni safarbar etaman.
🌟 Men uchun deputatlik — bu maqom emas, balki xalq oldidagi mas’uliyat, ishonch va fidoyilik demakdir.
🇺🇿 Xalq ishonchi — bizga kuch, xalq manfaati — faoliyatimizga mezondir!
— Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Ro‘zmetov