Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati G.Boymirzayeva Ma’rifat mahallasi A. Navoyi-15-17 Turkiston ko‘chasining 27-28-29-31 uyda yashovchi fuqarolardan og‘zaki murojaat bo‘lgandi. Yuqorida ko‘rsatilgan ko‘p qavatli uylarning 13- ta kanalizatsiya quduqlari shaharning Suv oqova ishchi xodimlari tamonidan ochib tozalanib yuvilib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urimbayeva Muqaddas "Shodiyona" mahallasi yettiligi bilan uchrashib mumammolarini o'rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlari D.Tursunkulov hamda I.Xodjakulovalar Mahalla yettiligi bilan birgalikda "Yuksalish"MFY da obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi 14-Davlatobod saylov okrugidan saylangan deputat Jamoliddin Komilov Davlatobod mahallasi "Alisher Navoiy" va "Yangi oy" ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan o‘rganishlar o'tkazdi.
янв.21
🇺🇿🇺🇿💪"Payshanba profilaktika kuni" doirasida «Yoshlar, talabalar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha profilaktik» tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Депутат томонидан Янгиер шахар 4 умумтаълим мактабида бошлангич синф дарс жараенлари кузатилди.
янв.21
Халқ депутатлари ЎзЛиДеП Янгиер шаҳар Кенгаши депутати Сохиба Ғаффарова Махалла ешлар етакчиси билан биргаликда Серкуеш кучаси 1 уй 7 хонадонда яшовчи ўкув машғулотларига сабабсиз қатнашмаетган тарбияси оғир ,носоглом турмуш шароитида яшаетган А.Лаптива хонадонига бориб оилавий мухит ўрганилди.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Yangiyer shahar A.Jomiy mahallasida joylashgan 7-umumta'lim maktabida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida jinoyat muhokamasi bo'lib o'tdi.Yangiyer shahar kengashi deputati Z.Jo'rayev, A.Jomiy mahallasi profilaktika inspektori I.Sangirov, Milliy Gvardiya inspektor-psixologi O'.Niyozov,A.Jomiy mahallasi yettiligi hamda makatab mamuriyati tomonidan jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
"Deputat maxallada" loyihasi doirasida xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Muqaddas Urumbayeva xonadonlarga tashrif buyurdi va aholi muammolarini o’rgandi
янв.21
Maktab va maktabgacha ta’lim faoliyati o’rganildi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Shadiyeva Zuxra Tursunovna tomonidan Yangiyer shahridagi Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limida uchrashuv tashkil etildi. Dastlab uchrashuvda bo’lim mudiri Ibragimov Dilshod Baxodirovich bilan Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limining faoliyati hamda shahardagi umumta’lim maktablarida Inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va bu boradagi yechimini kutayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining VII-chaqiriq 6-sessiyasi o‘tkazildi

  Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining oltinchi sessiyasi bo‘ldi.
Sessiya ishini Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Alisher Rayimov olib bordi.  

Sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmon ijrosi, Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi tomonidan deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 20 fevraldagi KQ-687-IV-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi tomonidan shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash
hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish, 2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqish masalalari deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
Barcha masalalar chuqur o‘rganildi, deputatlar fikr-mulohazalardan so‘ng tegishli qarorlarni qabul qildilar. 

   

Slide 1 of 3