35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlarining iyul oyida chiqarilgan “Deputat sorov”lar manitoringi
янв.21
Deputat Nazorati
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
Veterinariya sohasida osoyishtalik — aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi kafolati

 Veterinariya sohasida osoyishtalik — aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi kafolati

✅ Veterinariya sohasini tartibga solish, hayvonlar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda qonunchilikning o‘rni beqiyos. Shu maqsadda «Veterinariya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-397-sonli Qonun bilan tasdiqlangan. Qonun 2015 yil 31 dekabrdan kuchga kirgan.

✅ Mazkur Qonun veterinariya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, unda veterinariya sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat veterinariya xizmati tizimi, hayvon egalarining huquq va majburiyatlari, veterinariya nazorati, karantin va kasalliklarning oldini olish choralari belgilab berilgan.

✅ Qonunga ko‘ra, veterinariya sohasidagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri veterinariya tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, veterinariya sohasidagi normalarni belgilash, davlat veterinariya nazoratini ta’minlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

✅ Ayniqsa, hayvonlarning yuqumli kasalliklarini barvaqt aniqlash va ularning tarqalishining oldini olish muhim ahamiyatga ega. Qonunda epizootiyaga qarshi tadbirlar, ya’ni kasalliklarning oldini olish, aniqlash va tugatishga qaratilgan tashkiliy hamda maxsus veterinariya chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

✅ Bunday chora-tadbirlar nafaqat chorva mollarini himoya qilish, balki inson salomatligini muhofaza qilish nuqtai nazaridan ham dolzarbdir. Chunki ayrim yuqumli kasalliklar hayvonlardan insonga yuqishi mumkin. Shu sababli veterinariya osoyishtaligini ta’minlash jamoat salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

✅ Qonunda hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlar va xom ashyo egalarining huquq hamda majburiyatlariga ham alohida o‘rin berilgan. Bu esa har bir hayvon egasidan veterinariya qoidalariga rioya etish, kasalliklar profilaktikasiga mas’uliyat bilan yondashish va zarur hollarda veterinariya mutaxassislariga murojaat qilishni talab etadi.

✅ Veterinariya sohasida davlat nazoratining samarali tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Qonunning amaldagi tahririda veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat dasturlarini ishlab chiqish, veterinariya va veterinariya-sanitariya qoidalarini belgilash hamda davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish vakolatlari nazarda tutilgan.

✅ Shuningdek, veterinariya sohasida davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va fuqarolarning o‘zaro hamkorligi muhimdir. Ayniqsa, mahallalarda aholi o‘rtasida hayvonlarni saqlash, ularni veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish, kasalliklarning oldini olish va sanitariya talablariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini muntazam olib borish zarur.

✅ Hayvonlarda xavfli yuqumli kasalliklar aniqlangan hollarda karantin va boshqa cheklovchi tadbirlarni o‘z vaqtida joriy etish kasallikning keng tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi. Qonunda bunday choralar kasallik o‘choqlarini bartaraf etish, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va aholi hamda hayvonlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

✅ Bugungi kunda veterinariya sohasida qonun talablariga qat’iy rioya qilish har bir fuqaro va xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mas’uliyatini oshirishni talab etadi. Chorvachilikni rivojlantirish, aholi salomatligini asrash va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda veterinariya xizmatining samaradorligi muhim o‘rin tutadi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.A. Safarov

Slide 1 of 1