Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati G.Boymirzayeva Ma’rifat mahallasi A. Navoyi-15-17 Turkiston ko‘chasining 27-28-29-31 uyda yashovchi fuqarolardan og‘zaki murojaat bo‘lgandi. Yuqorida ko‘rsatilgan ko‘p qavatli uylarning 13- ta kanalizatsiya quduqlari shaharning Suv oqova ishchi xodimlari tamonidan ochib tozalanib yuvilib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urimbayeva Muqaddas "Shodiyona" mahallasi yettiligi bilan uchrashib mumammolarini o'rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlari D.Tursunkulov hamda I.Xodjakulovalar Mahalla yettiligi bilan birgalikda "Yuksalish"MFY da obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi 14-Davlatobod saylov okrugidan saylangan deputat Jamoliddin Komilov Davlatobod mahallasi "Alisher Navoiy" va "Yangi oy" ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan o‘rganishlar o'tkazdi.
янв.21
🇺🇿🇺🇿💪"Payshanba profilaktika kuni" doirasida «Yoshlar, talabalar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha profilaktik» tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Депутат томонидан Янгиер шахар 4 умумтаълим мактабида бошлангич синф дарс жараенлари кузатилди.
янв.21
Халқ депутатлари ЎзЛиДеП Янгиер шаҳар Кенгаши депутати Сохиба Ғаффарова Махалла ешлар етакчиси билан биргаликда Серкуеш кучаси 1 уй 7 хонадонда яшовчи ўкув машғулотларига сабабсиз қатнашмаетган тарбияси оғир ,носоглом турмуш шароитида яшаетган А.Лаптива хонадонига бориб оилавий мухит ўрганилди.
янв.21
Joriy yilning 4-fevral kuni Yangiyer shahar A.Jomiy mahallasida joylashgan 7-umumta'lim maktabida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida jinoyat muhokamasi bo'lib o'tdi.Yangiyer shahar kengashi deputati Z.Jo'rayev, A.Jomiy mahallasi profilaktika inspektori I.Sangirov, Milliy Gvardiya inspektor-psixologi O'.Niyozov,A.Jomiy mahallasi yettiligi hamda makatab mamuriyati tomonidan jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
"Deputat maxallada" loyihasi doirasida xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Muqaddas Urumbayeva xonadonlarga tashrif buyurdi va aholi muammolarini o’rgandi
янв.21
Maktab va maktabgacha ta’lim faoliyati o’rganildi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Shadiyeva Zuxra Tursunovna tomonidan Yangiyer shahridagi Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limida uchrashuv tashkil etildi. Dastlab uchrashuvda bo’lim mudiri Ibragimov Dilshod Baxodirovich bilan Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limining faoliyati hamda shahardagi umumta’lim maktablarida Inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va bu boradagi yechimini kutayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibida 12 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga qo‘yilgan masala muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qaror qabul qilindi.

2025-yilda Boysun tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida 

Boysun tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida.

Boysun tumanida dasturlar ijrosi, jumladan oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash, muammoli kreditlarni so‘ndirish borasida joriy yilning 4-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Boysun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Y.Jo‘rayevning hisoboti to‘g‘risida

2024-yil davomida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan qabristonlar holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Normo‘minovning hisoboti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I. Yaxshiyevaning hisoboti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-sonli Farmonining tumandagi ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Boysun tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Qodirovning 2024-yil davomida amalga oshirlgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

Jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik I. Ro‘ziyevning 2024-yil davomida amalga oshirilgan muayyan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

2024-yilda tuman mahalliy byudjetining bajarilishi yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.To‘rayevning hisoboti to‘g‘risida.

Boysun tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mudiri O. Sadatovning 2024-yil davomida maktabgacha va maktab ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

Davlat organlari va tashkilotlari tuman bo‘linmalarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024-yil 4-chorak yakuni yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyevning axboroti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyunda “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 312-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar va ularning sarflanishi yuzasidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i F.Normamatovning hisoboti to‘g‘risida.

Boysun tumani hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi xalqaro ahamiyatga ega M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining 1350-km qismida joylashgan uzunligi 133 pm bo‘lgan ko‘prikning qatnov qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli transport vositalarining harakatlanishini aylanma yo‘l orqali harakatlanishi uchun mavjud ko‘prik ustidan tranport vositalarining harakatlanishni vaqtincha cheklash to‘g‘risida 

Slide 1 of 9