35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlarining iyul oyida chiqarilgan “Deputat sorov”lar manitoringi
янв.21
Deputat Nazorati
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyat mudiri D.Tursunkulovning 2026-yil 24-iyul kuniga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI🫥
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi ✅
янв.21
Xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildiXizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildi
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN HISOBOT ESHITILDI

 MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN HISOBOT
ESHITILDI
 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibidagi
masalalar doirasida 2026-yil ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha tumandagi
tashkilot rahbarlari hamda “mahallalar yettiligi” tomonidan jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarni o‘z vaqtida va
sifatli ko‘rib chiqish, ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish hamda bu
boradagi natijadorlik yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va
kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
I.Turg‘unov hisobot berdi.
 

  

Hisobotda
murojaatlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, aholi bilan ochiq
muloqotni kuchaytirish, sayyor qabullar va shaxsiy qabullarda ko‘tarilgan
masalalarning o‘z vaqtida hal etilishi, murojaatlar ijrosi ustidan ta’sirchan
nazoratni ta’minlash hamda tashkilot rahbarlari va “mahallalar yettiligi”
faoliyatining natijadorligini yanada oshirish yuzasidan amalga oshirilgan
ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
  

Slide 1 of 1