“Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonunning tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida yaylovlardan foydalanish holati, chorva mollari uchun ozuqa bazasini rivojlantirish, yaylov yerlarining muhofazasi, ulardan oqilona foydalanish hamda mavjud muammolarni aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlar o‘rganilmoqda:
✅ yaylovlardan belgilangan maqsadda foydalanish holati;
✅ chorva mollarini boqish me’yorlariga rioya etilishi;
✅ yaylovlarning tanazzulga uchrashining oldini olish choralari;
✅ suv inshootlari va yaylov infratuzilmasining holati;
✅ yaylovni tiklash va unumdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.