35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
Yangiyer shahar hududlarida ezgulik g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Ma’rifat ulashib" kutubxonalar o‘rganib chiqildi. Mazkur o‘rganish doirasida bugun Yangiyer shahrida joylashgan kutubxonaga Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari A.Abduqodirov, Z.Jurayev hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar tashrif buyurdi. Deputatlar kutubxona bilan tanishdi. Shuningdek, deputatlar kutubxona uchun ajratilgan kitoblar o‘rganib chiqildi. Yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hozirgi kundagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri.
янв.21
Esdalik nishonlari topshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich tomonidan saylovchilar muammolari o'rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati muduri D.Tursunkulov T.Malik mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahalladagi muammolar xonadonbay o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlarining iyul oyida chiqarilgan “Deputat sorov”lar manitoringi
янв.21
Deputat Nazorati
Huquqiy ma'lumot

Yoshlar kelajagi — e’tibor va imkoniyatlar asosida bunyod etiladi!

Mamlakatimizda bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari, iste’dodi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ushbu yo‘nalishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur qaror asosida:

✅ maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyati yanada takomillashtirilmoqda;
✅ o‘quvchilarning fan, san’at, sport va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda;
✅ yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashilmoqda.

Har bir bolaning qobiliyati va iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish — barkamol avlod tarbiyasining muhim omilidir.

🇺🇿Kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar — yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!

Slide 1 of 1