35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlarining iyul oyida chiqarilgan “Deputat sorov”lar manitoringi
янв.21
Deputat Nazorati
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyat mudiri D.Tursunkulovning 2026-yil 24-iyul kuniga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI🫥
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi ✅
янв.21
Xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildiXizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildi
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 24-“Bobotog‘” saylov okrugidan O‘zLiDeP fraksiyasi a’zoligiga saylangan deputat Jahongir Hasanov o‘z okrugiga qarashli “Tolto‘g‘ay” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligining ish samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Mahalla yettiligi” tizimining joylardagi ijrosi, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy daftarlar (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”) bilan ishlash holatiga qaratildi.

Deputat J.Hasanov mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat yettilik a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini tahlil qildi.