35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlarining iyul oyida chiqarilgan “Deputat sorov”lar manitoringi
янв.21
Deputat Nazorati
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyat mudiri D.Tursunkulovning 2026-yil 24-iyul kuniga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI🫥
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi ✅
янв.21
Xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildiXizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildi
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat so'rovi chiqarildi.
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Raxmatillayeva Muqaddasxon Mamayunusovna tomonidan “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi qonun ijrosini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan 43-sonli Oilaviy poliklinikada o’rganish o’tkazdi.

O’rganish davomida deputat tomonidan tibbiyot muassasada xizmat ko’rsatish sifati, dori-darmonlar ta’minoti, shifokorlar malakasi va mehnat sharoitlari hamda aholiga ko’rsatilayotgan profilaktik xizmatlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga taklif va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish, ona va bolalar salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish bo’yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

O’rganish yakunida deputatlar tomonidan fuqarolarimizning sifatli tibbiy xizmat olish huquqi ta’minlanishi —asosiy vazifa ekanligini ta’kidlab o’tildi.

Slide 1 of 1