35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlarining iyul oyida chiqarilgan “Deputat sorov”lar manitoringi
янв.21
Deputat Nazorati
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyat mudiri D.Tursunkulovning 2026-yil 24-iyul kuniga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI🫥
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi ✅
янв.21
Xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildiXizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildi
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Deputat axboroti

Deputat М.Raxmatillayeva tomonidan 2026 yilning birinchi choragi davomida hududda amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan qabullar, kommunal va ijtimoiy sohalarda olib borilgan ijobiy ishlar hamda o’rganish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan erishilgan natijalar xaqida axborot berib o’tdi.

Hususan, mahallalarda 8 ta fuqarollar qabullari va 3 ta uchrashuvlar, 2 ta sohalar kesimida o'rganishlar tashkil etilgani hamda fuqarolarning murojaat va takliflari asosida muammolarni hal etish bo’yicha tegishli tashkilotlarga 1 ta deputatlik so’rovlari yuborilgani haqida ma'lumot berib o'tdi.

Shuningdek, maktabgacha tashkiloti, maktab va tibbiyot muassasalarning holati o’rganilgani, natijada 171-maktabgacha tashkilotida tashqi panjaralarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga hamda yoshlar va kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash masalalari ijobiy hal etish belgilanganligini ta'kidlab o'tdi. 

Bundan tashqari, deputatlik faoilyatiga oid 24 ta savolnoma (yoshlar, tadbirkorlik, obonlashtirish, ichki ishlar, soliq, xotin-qizlar, infratuzilma holatlari) bo’yicha mahalla faollari bilan mas'ullarning axboroti tinglandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi hamda ijobiy bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilishi ma’lum qilindi.  

Uchrashuv yakunida deputat M.Raxmatillayeva xalqning ishonchi deputat uchun eng katta kuch ekanligini ta’kidlab o'tdi.

Slide 1 of 1