35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi. Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o'tkazildi. Doimiy komissiya majlisida: 1⃣ Yangiyer shahrida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning II-chorak davomida shaharda budjet daromadlarining ta’minlanishi va amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida. 2⃣Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665 sonli qaroriga asosan Yangiyer shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi VII-25-21-9-132-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlarining iyul oyida chiqarilgan “Deputat sorov”lar manitoringi
янв.21
Deputat Nazorati
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyat mudiri D.Tursunkulovning 2026-yil 24-iyul kuniga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI🫥
янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi ✅
янв.21
Xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildiXizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obyektlarida norasmiy ishlayotgan yoshlarning mehnat huquqlari himoyasi o‘rganildi
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Haftalik ish-reja

20-aprel -24-aprel kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy hafta davomida hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

 🔹 20.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi “Yoshlar maslahat guruhi” bilan birgalikda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishadi. 

 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

 🔹 21.04.2026 — Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning tumanga kiritilayotgan investitsiyalar to‘g‘risida yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 22.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich hududdagi investitsiyalarning bugungi kundagi holatini o‘rganib chiqadi.

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

🔹 23.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini o‘rganadi. 

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 24.04.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich ekspert guruhi bilan birgalikda hududdagi aholi bandligini o‘rganib chiqadi.

 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov