Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri Doniyor Tursunkulov hamda shahar Kengashi deputati I.Abduraxmonov ishtirokida hududdagi tadbirkor Sohiba Xudoyorova xonadonida joylashgan issiqxonaga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Boymirzayeva Gulnora Xo‘janovna va Yangiyer shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donabayevlar tomonidan bolalar shifoxonasida bepul dori ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Maxalladagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
Murojaatlar tahlili va ularga yechim
янв.21
Mahalladagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hodimi o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining kutubxonasini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”
янв.21
“Mening mahallam” — jonli efirda dolzarb muloqot
Xalqparvar komissiyasi maktab ta’miri bilan yaqindan tanishdi

Fidokor mahallasidagi 24-sonli umumta’lim maktabi binosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida tumanda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Fidokor mahallasida joylashgan 192 o‘rinli 24-sonli umumta’lim maktabi binosida mukammal ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga yetkazilgan.

Ayni paytda xalq deputatlari tuman Kengashi qoshidagi Xalqparvar komissiyasi raisi T. Tangirov hamda Kengash kotibiyati mudiri D.Sherboyevlar tomonidan qurilish ishlarining sifati doimiy nazoratga olinib, joyida o‘rganilmoqda.

Qurilish ishlari to‘liq yakunlangach, maktabda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

Slide 1 of 3