Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri Doniyor Tursunkulov hamda shahar Kengashi deputati I.Abduraxmonov ishtirokida hududdagi tadbirkor Sohiba Xudoyorova xonadonida joylashgan issiqxonaga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Boymirzayeva Gulnora Xo‘janovna va Yangiyer shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donabayevlar tomonidan bolalar shifoxonasida bepul dori ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Maxalladagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
Murojaatlar tahlili va ularga yechim
янв.21
Mahalladagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hodimi o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining kutubxonasini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”
янв.21
“Mening mahallam” — jonli efirda dolzarb muloqot
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Shu maqsadda hududda hokim yordamchilari faoliyati, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati Tavasharov Xamro Ziyaevich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Shakarqamish” mahallasida olib borildi. 

O‘rganish davomida hududlarda aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati doimiy ravishda davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati axborot xizmati 

Slide 1 of 5