Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri Doniyor Tursunkulov hamda shahar Kengashi deputati I.Abduraxmonov ishtirokida hududdagi tadbirkor Sohiba Xudoyorova xonadonida joylashgan issiqxonaga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Boymirzayeva Gulnora Xo‘janovna va Yangiyer shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donabayevlar tomonidan bolalar shifoxonasida bepul dori ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Maxalladagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
Murojaatlar tahlili va ularga yechim
янв.21
Mahalladagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hodimi o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining kutubxonasini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”
янв.21
“Mening mahallam” — jonli efirda dolzarb muloqot
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlisda  kun tartibiga kiritilgan quyidagi  masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni hamda 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli qarorining Chinoz tumanidagi ijrosi bo‘yicha joriy yilning 4-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala mukoma qilindi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Axmedovaning axboroti eshitildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Chinoz tumanida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududda atrof-muhitning holati haqida, tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘I O.Isaxonovning hisoboti eshitildi.

Chinoz tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari S.Babasaidovning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, majlisda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 2025-yil 25-fevraldagi VII-8-26-10-144-K/25-sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasinin tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–98-sonli Farmonining 2-ilovasi 12 va 13-bandlari ijrosi to‘g‘risida hamda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimisyat vakillik organlari faolitini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2025-yil 24-oktabrdagi 4-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish to‘g‘risidagi maslalar ko‘rib chiqildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar A.Turdiboyev, F.Ibragimov, M.Mirsodiqov, M.Erxo‘jayev, O.Dadajonov, D.Teshabayev, A.Axmedova, A.Baxramov, E.Saidov, L.O‘tkirovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

 

Qo‘shma majlis yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.

 

Elyorjon Saidov,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati 

Slide 1 of 6