Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri Doniyor Tursunkulov hamda shahar Kengashi deputati I.Abduraxmonov ishtirokida hududdagi tadbirkor Sohiba Xudoyorova xonadonida joylashgan issiqxonaga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Boymirzayeva Gulnora Xo‘janovna va Yangiyer shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donabayevlar tomonidan bolalar shifoxonasida bepul dori ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Maxalladagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
Murojaatlar tahlili va ularga yechim
янв.21
Mahalladagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hodimi o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining kutubxonasini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”
янв.21
“Mening mahallam” — jonli efirda dolzarb muloqot
Deputat faoliyatidan

Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o`z okrugidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o`tkazdi. Unda “Qizilsoy” va “Novdak” MFY yettiligi, mahalla faollari ishtirok etdi. Davra suhbatida deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-207-sonli hamda 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmonlarining mazmun-mohiyati,
maqsad va vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi. Shuningdek uchrashuvda jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, maktabdagi davomatini ta’minlash, yoshlarni kitobxonlikka va chet tillarini o‘rganishga jalb qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi. Tadbir so`ngida 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamshirasi bilan erta turmush va erta tug‘uqning oldini olish yuzasidan suhbatlashildi. 

Slide 1 of 4