Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri Doniyor Tursunkulov hamda shahar Kengashi deputati I.Abduraxmonov ishtirokida hududdagi tadbirkor Sohiba Xudoyorova xonadonida joylashgan issiqxonaga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Boymirzayeva Gulnora Xo‘janovna va Yangiyer shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donabayevlar tomonidan bolalar shifoxonasida bepul dori ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Maxalladagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
Murojaatlar tahlili va ularga yechim
янв.21
Mahalladagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hodimi o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining kutubxonasini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”
янв.21
“Mening mahallam” — jonli efirda dolzarb muloqot
#jarayon

O‘rta Chirchiq tuman deputatlari "Yurakdan yurakkacha" nomli inklyuziv ko‘rgazmasida 

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bor shaxslar kuni munosabati bilan tashkil etilgan "Yurakdan yurakkacha" nomli inklyuziv ko‘rgazma bugun ham davom etmoqda.

Tadbirda O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov, deputatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi, imom-xatiblar, ta'lim muassasalari rahbarlari hamda tuman keng jamoatchiligi ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, viloyatdagi maxsus internat maktablarida tahsil olayotgan nogironligi bor bolalar tomonidan yaratilgan amaliy san’at namunalari sotuvi ham tashkil etilgan.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!