Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiyer shaharda yirik sanoat loyihalari: yangi ish o‘rinlari va eksport imkoniyatlari kengaymoqda✍️
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri D.Tursunkulov mahallada o‘rganishlar olib bordi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "ko‘p qavatli uylar hamda yangi tushgan hovlili uylar orqa tomonidan o'tgan yer osti dranajidan oqova suv (kanalizasiya) tamirlandi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "Yotoqxonaning hojatxonasi va bolalari uchun o‘yingohi tamirlandi.
янв.21
Yuksalish mahallasi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Maxalliy Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Z.Jurayev davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limida aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Samarqand – Urgut” yangi temir yo‘l liniyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Samarqand – Urgut” yangi temir yo‘l liniyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ushbu temir yo‘l qurilishi joriy yil fevral oyida boshlangan bo‘lib, umumiy uzunligi 55 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida ikkita vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasida ikkita yuk stansiyasi hamda bir qator ko‘priklar barpo etildi. E’tiborlisi, mazkur liniyani kelgusida to‘liq elektrlashtirish rejalashtirilgan.

Yangi yo‘nalish ikki juft shaharlararo poyezd va to‘qqiz juft yuk poyezdi qatnovini ta’minlash imkoniyatiga ega. Loyihani shu yil yakuniga qadar yakunlash ko‘zda tutilgan. Poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi orqali yiliga 359 ming yo‘lovchi va 8,2 million tonna yuk tashish imkoni yaratiladi.

Yo‘nalish Samarqand shahri, Jomboy, Pastdarg‘om, Toyloq va Urgut tumanlari aholisi uchun xavfsiz va zamonaviy transport xizmati taqdim etishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, ichki turizm rivojiga ham katta turtki beradi.

Temir yo‘l infratuzilmasi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, ushbu loyiha “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi salohiyatini yana-da oshirishga xizmat qiladi. Yangi yo‘nalish ishga tushishi natijasida 130 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdda Urgutga bordi.

Safar chog‘ida Prezidentimiz temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni yana-da oshirish, temir yo‘llarni elektrlashtirish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish yuzasidan mutasaddilarga qo‘shimcha topshiriqlar berdi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylab amalga oshirilayotgan qurilish va obodonchilik ishlariga e’tibor qaratdi.

Urgut tumani katta salohiyatga ega hudud sifatida tobora muhim o‘rin egallab borayotgani ta’kidlandi. Bu yerdagi aholi ishbilarmon, tadbirkorlik ruhi kuchli. Mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bunday hududlarni rivojlantirishda esa zamonaviy logistika va infratuzilma hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Yangi temir yo‘lning kelishi bilan Urgutda iqtisodiy o‘sishni cheklab turgan to‘siqlar, logistik “tromb”lar bartaraf etiladi. Yuk tashish tezlashadi, mahsulotlar bozorlarga arzon va vaqtida yetkaziladi, investorlar uchun qulayliklar yana-da ortib, hududning raqobatbardoshligi oshadi.

Eng muhimi, hududda yaratilayotgan yangi imkoniyatlar aholining turmush darajasiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Infratuzilma rivojlangan joyda ish o‘rinlari ko‘payadi, xizmatlar yaxshilanadi, tadbirkorlik faollashadi.

Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha temir yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirishga qaratilgan ishlarning muhim qismi hisoblanadi. Bu jarayonda ishlarni o‘z vaqtida va yuqori sifatda amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda xarajatlarni optimallashtirish zarurligi aytildi.

Safar chog‘idagi suhbatda davlatimiz rahbari Samarqandda bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarning odamlar hayotidagi ijobiy aksi yaqqol ko‘zga tashlanayotgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari sifatida tarbiyalash haqida so‘z yuritdi. Urgutgacha tortilgan temir yo‘liga tutash yerlarni o‘zlashtirish, ularda qishloq xo‘jaligi madaniyatini yuksaltirish, ta’lim sohasida, shu jumladan, qo‘shni davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Urgut vokzali yangi yo‘nalishning asosiy nuqtalaridan biri. Prezidentimiz vokzal infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish tizimi va yo‘lovchilar harakatini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratdi. Turistlar uchun qulayliklarni yaxshilash muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari shu yerda Urgut tumani faollari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbatda hududlardagi o‘zgarishlar, aholi turmush tarzi va tinchlik qadri haqida fikr almashildi.

Odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, daromad va farovonlikni oshirish, mahallalarni obod qilish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanayotgani ta’kidlandi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport va energetika sohalarida yirik loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Nuroniylar bu o‘zgarishlar aholi hayotida sezilarli natija berayotgani, xalqimiz islohotlarga yuqori baho berayotganini ta’kidladi. 

Slide 1 of 10