Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiyer shaharda yirik sanoat loyihalari: yangi ish o‘rinlari va eksport imkoniyatlari kengaymoqda✍️
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri D.Tursunkulov mahallada o‘rganishlar olib bordi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "ko‘p qavatli uylar hamda yangi tushgan hovlili uylar orqa tomonidan o'tgan yer osti dranajidan oqova suv (kanalizasiya) tamirlandi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "Yotoqxonaning hojatxonasi va bolalari uchun o‘yingohi tamirlandi.
янв.21
Yuksalish mahallasi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Maxalliy Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Z.Jurayev davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limida aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
Kuz-qish mavsumiga tayorgarlik

 KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISHDA BOSHQARUV KAMPANIYALARINING SAMADORLIGI VA KO‘P QAVATLI UYLARGA AJRATILGAN MABLAG‘LARNING ISHLATILISHI O‘RGANILDI 

Qish mavsumi yaqinlashmoqda. Bu mavsumda xavfsiz va tinch hayot kechirish, shuningdek, issiqlik, elektr ta’minoti va kundalik ehtiyojlarni ta’minlash uchun har birimiz o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur. 2025-2026-yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish
maqsadida yakuniy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu yilgi mavsumda aholimiz va iqtisodiyot tarmoqlari energiya resurslari bilan uzluksiz
ta’minlanishi uchun tumanda barcha choralar ko‘rildi. 

Bu jarayonlarda xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etib, o‘tgan oyda saylovchilar bilan uchrashuvlar, axolining muammolarni o‘rganish bo‘yicha qabullar o‘tkazgan edi. Olib borilgan uchrashuvlar davomida ayniqsa ko‘p qvartirali uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan deputatlarning oldiga bir nechta vazifalar qo‘yilgan edi.  

Tuman markazidan saylangan deputatlarning takliflari va tashabusslariga binoan tuman markazidagi ko‘p qavatli uylarni qish mavsumida
muammolarga duch kelmasligi uchun ushbu uylardagi yaroqsiz holatga kelib qolgan elektr jihozlarni yangilashga kelishilgan edi.  

Xalq deputatlari tuman Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘llab-quvvatlashni asnosida tuman Kengashning 2025-yil 6-noyabrdagi qarori bilan 2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Guliston mahallasi Fozil Yo‘ldish ko‘chasida joylashgan 1-sonli ko‘p qavatli uy-joyning fasad va hojatxona binosini joriy ta’minlashga qurilish materiallari xarid qilish uchun 57 750 000 so‘m, Ulug‘bek mahallasi Uvaysiy ko‘chasida joylashgan 3-sonli ko‘p qavatli uy joyga yangi ayvon qurish hamda yangi tashqi hojatxona binosi qurishga qurilish materiallari xarid qilish uchun 86 600 000 so‘m , Navbahor mahallasi Alpomish ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joyiga yangi ayvon qurish uchun 44 130 000 so‘m, jami 188 480 000 (bir yuz sakson sakkiz million
to‘rt yuz sakson ming) so‘m mablag‘larini ajratilishiga erishilgan edi.  

Bugun tuman Kengashi deputatlari tuman Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Kengash qaroridagi vazifalarning sifatli bajarilishi, xarid qilingan va o‘rnatilayotgan jixohlarni sifatini nazorat
qilish maqsadida tumandagi ko‘p kravtirali uylarda bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.  

Amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha deputatlar xizmat ko‘rsatuvchi shirkatga o‘z tavsiyalarini berishib, xar bir bajarilgan ish bo‘yicha mas’ullarni hisobotlari tegishli doimiy komissiya tomonidan eshitib borilishi belgilandi. 

Slide 1 of 7