Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiyer shaharda yirik sanoat loyihalari: yangi ish o‘rinlari va eksport imkoniyatlari kengaymoqda✍️
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri D.Tursunkulov mahallada o‘rganishlar olib bordi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "ko‘p qavatli uylar hamda yangi tushgan hovlili uylar orqa tomonidan o'tgan yer osti dranajidan oqova suv (kanalizasiya) tamirlandi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "Yotoqxonaning hojatxonasi va bolalari uchun o‘yingohi tamirlandi.
янв.21
Yuksalish mahallasi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Maxalliy Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Z.Jurayev davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limida aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
KENGASH FAOLIYATI :

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining 2025-yil 21-oktabr kunida navbatdagi o'n to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 10 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. Jarqo‘rg‘on tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Shokirovning tumanda 2025-2026-yilda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158 sonli Farmoni, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasi hamda sohada eksport hajmini oshirish bo‘yicha yangicha yondashuv, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yil 10 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari M.Boboyorovning hisoboti to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli Farmoni “O‘zbekiston-2030” strategiyasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402 sonli qarori ijrosi yuzasidan mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13 iyundagi 334-sonli qarori “Mahalla yettiligi” a’zolari hisobotini fuqarolar yig‘inida 2025 yil 10 oyi davomida muhokama qilish natijasi haqida Mahallalar uyushmasi tumani bo‘limi rahbari B.Sulaymonovning hisoboti to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438 sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida 2025-yil oktyabr-noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli Farmoni “O‘zbekiston-2030” strategiyasida Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar va yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillarga o‘qitish, va ishsizlik darajasini kamaytirish borasida 2025-yil 10 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi B.Normatovning hisoboti to‘g‘risida.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son Farmoni «O‘zbekiston- 2030» strategiyasida belgilangan ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosini ta’minlash yuzasidan 2025 yil 10 oyi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

8. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z faoliyati yuzasidan 2025-yilning 10-oyi mobaynida davomida o‘z saylovchilari oldida axborot berish natijalari to‘g‘risida.

9. Jarqo‘rg‘on tumanidagi mavjud ayrim geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 14- yanvardagi KQ-35-V sonli qarorida belgilangan mahalliy Kengash deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi darajasida o‘rganish natijalari yuzasidan tuman darajasida yechiladigan muammolarni muhokama qilish to‘g‘risida.

Slide 1 of 5