Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi asosida "ko‘p qavatli uylar hamda yangi tushgan hovlili uylar orqa tomonidan o'tgan yer osti dranajidan oqova suv (kanalizasiya) tamirlandi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "Yotoqxonaning hojatxonasi va bolalari uchun o‘yingohi tamirlandi.
янв.21
Yuksalish mahallasi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Maxalliy Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Z.Jurayev davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limida aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
янв.21
Yangiyer shahar 1-umumta'lim maktabida Yangiyer shahar kengashi deputati S. Niyazova
янв.21
Deputat va maxalla faollari
SAMARQAND - DUNYO SIVILIZATSIYALARI UCHRASHUVI NUQTASI: INKLYUZIV RIVOJLANISH VA YANGI IMKONIYATLAR SHAHRI

SAMARQAND - DUNYO SIVILIZATSIYALARI UCHRASHUVI NUQTASI: INKLYUZIV RIVOJLANISH VA YANGI IMKONIYATLAR SHAHRI

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining xorijiy investisiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi sifatida aytishim mumkinki:

Bugun jahon e’tibori yana bir bor Samarqandga qaratildi. YUNESKOning 43-sessiyasi kabi nufuzli xalqaro tadbirning Samarqandda o‘tkazilayotgani - bu yurtimizning tinchlik, madaniy merosni asrash va insoniyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasining e’tirofidir.

Hurmatli Prezidentimizning YUNESKOning 43-sessiyasidagi nutqlarida bu borada juda muhim tezislar alohida ta’kidlandi:

“Madaniy meros — bizni birlashtiradigan ko‘prikdir. U millatlar va davlatlar o‘rtasida hamjihatlik o‘rnatishga xizmat qiladi.”

Bu fikr zamirida faqat tarix va merosni asrash emas, balki insonga e’tibor g‘oyasi ham mujassam. Zamonaviy taraqqiyot madaniyat va bilimdan boshlanadi.

Samarqand – imkoniyatlar shahri, Samarqand bugun strategik jarayonlar markazida, YUNESKOning bo‘lib o‘tayotgan 43-sessiyasi orqali shaharning turistik brendi yanada kuchaymoqda, investorlar uchun yalpi ochiq, qulay va shaffof muhit yaratilmoqda.

So‘nggi yillarda turizm infratuzilmasi modernizatsiya qilindi, zamonaviy mehmonxonalar, kongress markazlari tashkil etildi, xalqaro aviaqatnovlar soni keskin oshdi.

Bu esa xorijiy investisiyalar oqimining ortishiga xizmat qilmoqda. Inklyuziv ta’lim — jamiyat taraqqiyoti mezoni ekanligi sifatidp yurtboshimiz nutqlarida ko‘p bora takrorlangan muhim g‘oyalardan biri shuki: “Hech bir odam e’tibordan chetda qolmasin.”

Bu nafaqat ijtimoiy siyosat, balki inklyuziv ta’lim falsafasining asosiy tamoyilidir. Inklyuziv ta’lim: imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga to‘laqonli qo‘shilishiga yordam beradi, teng imkoniyatlarni ta’minlaydi, yaratuvchanlik, o‘zini anglash va mustaqil hayotga tayyorlaydi.

Samarqandda bugungi kunda maxsus maktab-internatlar modernizatsiya qilinmoqda, yangi inklyuziv markazlar faoliyati kengaymoqda, ta’lim muassasalariga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda.

Samarqand  viloyatida bugungi kunda 20493 nafar (3-18 yosh) nogironligi bor bo‘lgan bolalar bo‘lib, shundan, 6124 nafari (3-6 yosh), 14369 nafari (7-18 yosh) tashkil etadi. Ma’lumot uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablariga qamrab olingan bolalar soni 3470 nafar, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinganlar bolalar soni 347 nafarni, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qamrab olingan bolalar soni 1770 nafarni, inklyuziv sinf va guruhlarga qamrab olingan bolalar 390 nafarni, “Ilk rivojlanish” markazida tarbiyalanayotgan bolalao 963 nafarni tashkil etadi.

Bu jarayonlar nafaqat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, balki inson kapitaliga investisiya hisoblanadi. Turizm + inklyuziya = ijtimoiy mas’uliyatli rivojlanish modeli desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Turizm va sarmoya oqimi tor ma’noda iqtisodiy foyda emas, balki: yangi ish o‘rinlari, ijtimoiy loyihalar, yoshlar uchun kasbiy imkoniyatlar demakdir.

Bizning vazifamiz — Samarqandni nafaqat sayyohlar shahri, balki inklyuziv rivojlanish markaziga aylantirish.

Shu maqsadda maxsus ehtiyojli yoshlar uchun videografiya, IT, dizayn kabi yo‘nalishlarda bepul o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan, turizm ob’yektlarida inklyuziv muhit yaratish bo‘yicha standartlar joriy etilmoqda.

Xulosa shuki YUNESKOning 43-sessiyasi — bu dunyo miqyosidagi tarixiy voqea. Lekin undan ham muhimroq jihati bu jarayonning kelajagimizga ta’siri ya’ni Samarqandning global brendi kuchaymoqda, investorlar uchun yangi eshiklar ochilmoqda, inklyuziv ta’lim orqali inson kapitali rivojlanmoqda.

Bizning asosiy tamoyilimiz bu taraqqiyot markazida inson bo‘lishi. Vatanimiz, qolaversa Samarqand ertaga yanada buyuk bo‘ladi, chunki biz bugun eng to‘g‘ri yo‘lni tanladik bilimga, imkoniyatga va kelajak avlodga sarmoya kiritayapmiz.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining xorijiy investisiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

Yuldashev Sherali Mamaraimovich

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1