Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiyer shaharda yirik sanoat loyihalari: yangi ish o‘rinlari va eksport imkoniyatlari kengaymoqda✍️
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri D.Tursunkulov mahallada o‘rganishlar olib bordi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "ko‘p qavatli uylar hamda yangi tushgan hovlili uylar orqa tomonidan o'tgan yer osti dranajidan oqova suv (kanalizasiya) tamirlandi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "Yotoqxonaning hojatxonasi va bolalari uchun o‘yingohi tamirlandi.
янв.21
Yuksalish mahallasi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Maxalliy Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Z.Jurayev davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limida aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
TIBBIYOT SOHASIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ZAMON TALABI

TIBBIYOT SOHASIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ZAMON TALABI

✍️Joriy yilning 21 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan sun’iy intellekt — kelajak taraqqiyotining hal qiluvchi omillaridan biri ekani, u orqali iqtisodiy samaradorlik, shaffoflik va samarali boshqaruvga erishish mumkinligi ta’kidlandi.

📌Mazkur yo‘nalishda tibbiyot sohasi eng muhim va istiqbolli tarmoqlardan biri sifatida alohida o‘rin tutadi. Prezidentimiz tomonidan bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, tibbiyot tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinmoqda:

📄Diagnostika jarayonlarini avtomatlashtirish va aniqligini oshirish: Sun’iy intellekt yordamida tashxis qo‘yish tizimini takomillashtirish — xususan, radiologiya, onkologiya va kardiologiya sohalarida tashxis aniqligini 30–40% ga oshirish imkonini beradi. Bu juda ko‘p hollarda inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytiradi.

📄Elektron tibbiy ma’lumotlar tizimini rivojlantirish: Fuqarolarning tibbiy ma’lumotlari, tahlil natijalari va davolash tarixini yagona elektron platformada saqlash orqali har bir bemorga individual yondashuvni ta’minlash imkoni yaratiladi. Bu ham sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, profilaktika va davolash jarayonlarida samaradorlikni oshiradi.

📄Tez tibbiy yordam va epidemiologik kuzatuv: Sun’iy intellekt asosida tez yordam chaqiriqlarini tahlil qilish, ehtiyoj yuqori hududlarni aniqlash hamda epidemiologik tahdidlarni oldindan bashorat qilish imkoniyati vujudga keladi. Bu esa jamoat salomatligini ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.

📄Tibbiy kadrlarni qayta tayyorlash va malakani oshirish:

Yangi texnologiyalarni joriy etish jarayonida tibbiyot xodimlarini sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, tibbiyot oliygohlari va malaka oshirish markazlarida sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

📄Tibbiyotda ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish: Sun’iy intellekt vositasida biomedisina ma’lumotlarini tahlil qilish, yangi dori vositalarini yaratish va individual davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha zamonaviy ilmiy loyihalarga keng yo‘l ochiladi.

✅Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, davlat rahbarining ko‘rsatmalariga muvofiq tibbiyot sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Mazkur jarayonni samarali tashkil etish uchun soha vakillari, deputatlar, tadqiqotchilar hamda xususiy sektor vakillari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimdir.   

                                           

Nargiza Abdullayeva, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1