Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi asosida "ko‘p qavatli uylar hamda yangi tushgan hovlili uylar orqa tomonidan o'tgan yer osti dranajidan oqova suv (kanalizasiya) tamirlandi.
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi.
янв.21
Deputat so'rovi asosida "Yotoqxonaning hojatxonasi va bolalari uchun o‘yingohi tamirlandi.
янв.21
Yuksalish mahallasi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Maxalliy Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Z.Jurayev davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limida aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
янв.21
Yangiyer shahar 1-umumta'lim maktabida Yangiyer shahar kengashi deputati S. Niyazova
янв.21
Deputat va maxalla faollari
Jalaquduq tumanida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda o‘rganish va uchrashuvlar o‘tkazildi.

 Jalaquduq tumanida aholi murojaatlari, mahalla faoliyati hamda tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish maqsadida bir qator uchrashuv va o‘rganishlar o‘tkazildi. Birinchidan, JalaquduqMFYdagi “mahallayettiligi” faoliyatibilantanishildi. Tashrifdavomidayettilika’zolarining mahalla hayotidagi faolligi, aholining muammolarini joyida hal etish borasida amalga oshirilayotganishlar,
xususan, profilaktika, ijtimoiyyordamvayoshlarbilanishlashyo‘nalishlari
ko‘rib chiqildi.Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatiga kelib tushgan suv ta’minoti bilan bog‘liq fuqarolar murojaatlari o‘rganildi. Ushbu murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqib, mavjud holat tahlil qilindi hamda muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va chora-tadbirlar belgilandi. Keyingi manzil sifatida “Umid 2000” MCHJga tegishli jarima maydoni faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida maydonning huquqiy-me’yoriy talablar asosida ishlash holati, mashinalar saqlanish sharoitlari va fuqarolar bilan
o‘zaro munosabat tizimi tahlil qilindi.
Bundan tashqari, “Qutayba ibn Muslim” turizm va ziyorat maskani faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektda faoliyat yuritishga ruxsat berilmayotgani sabablarini o‘rganish, mavjud hujjatlarni tartibga keltirish va maskanni qonuniy asosda ishga tushirish masalalari
muhokama qilindi.
Shuningdek, “Lobarxon” nomli nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tashkilotda ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar
hamda kadrlar salohiyati o‘rganildi.
Tadbir davomida Qorayantog‘ mahallasidagi muammo va
kamchiliklar ham ko‘rib chiqildi. Mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari eshitildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yakunda, tuman hududidagi yoshlar sanoat zonasi faoliyati o‘rganildi va tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi masalalar muhokama qilindi. Ushbu o‘rganishlar davomida bildirilgan fikr va
takliflar asosida tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
  

Slide 1 of 11