Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri Doniyor Tursunkulov hamda shahar Kengashi deputati I.Abduraxmonov ishtirokida hududdagi tadbirkor Sohiba Xudoyorova xonadonida joylashgan issiqxonaga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Boymirzayeva Gulnora Xo‘janovna va Yangiyer shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donabayevlar tomonidan bolalar shifoxonasida bepul dori ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Maxalladagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
Murojaatlar tahlili va ularga yechim
янв.21
Mahalladagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hodimi o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining kutubxonasini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”
янв.21
“Mening mahallam” — jonli efirda dolzarb muloqot
Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishlari bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman prokuraturasi hamda tuman IIB rahbarlarining Sharof Rashidov tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Unda tuman miqyosida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hamda “Korrupsiyasiz hudud” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tinglandi. Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining “Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati” haqidagi hisoboti muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish masalasi, ularning maqsadli sarflanishi hamda hududda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha bir qator muhim masalalar ham ko‘rib chiqildi. Komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar kelgusida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 6