Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Mahalla akademiyasi murabbiylari tomonidan Sardoba tumanidagi mahalla yettiligi a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlari R.Tashpulatov, G‘.Saitboyev, N.Hamidova va G.Suvonqulova ham ishtirok etdilar.
Seminar davomida mahalla yettiligi a’zolarining faoliyatini samarali tashkil etish, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga manzilli yondashish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va tajribalar almashildi.
Shuningdek, mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ullarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda har bir xonadon va fuqaroning muammosiga e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday o‘quv-amaliy seminarlar mahalla yettiligi a’zolarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning faoliyatida samaradorlikni oshirish hamda hududlarda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zero, mahalladagi samarali faoliyat, avvalo, bilimli va tashabbuskor kadrlar, hamjihatlik hamda aholi manfaatlariga xizmat qiladigan amaliy ishlar bilan belgilanadi.

Slide 1 of 2