Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning taklif va muammolarini aniqlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘RQ–406-sonli Qonunning 4- va 5-moddalarida belgilangan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bandligini oshirish, sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, o‘z huquqlarini bilish va ulardan qonuniy foydalanish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ochiq muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashlab, taklif va muammolarini bildirdilar. Ularning fikrlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda yoshlar manfaatlariga daxldor masalalarni deputatlik nazoratiga olish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar bilan muntazam muloqotni davom ettirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qonunchilikda belgilangan huquq hamda imkoniyatlar haqida huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3