#Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish
🏛 XALQ DEPUTATLARI QO‘SHKO‘PIR TUMANI KENGASHI
📍 Xonadonbay o‘rganish — deputatlik nazorati diqqat markazida
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati O. Artiqova Qadriyat mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Norgul Avezova hamda ko‘cha boshi Odilbek Matchanov bilan birgalikda Navro‘z ko‘chasining 30-uyida yashovchi Madina Odilbekovna Xasanovaning xonadonida bo‘ldi.
Tashrif davomida oilaning ijtimoiy va oilaviy ahvoli, mavjud muammolari hamda ehtiyojlari o‘rganildi. Fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi muammolarini joyida aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda muammolarning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.