Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
“ALGORITM” PODSTANSIYASIDA MODERNIZATSIYA ISHLARI VA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ “ALGORITM” PODSTANSIYASIDA MODERNIZATSIYA ISHLARI VA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muminov Obidjon Odilovich boshchiligida, tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda poytaxt elektr ta’minoti tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlar davom ettirildi.

⚡️ Navbatdagi manzil “Algoritm” podstansiyasi bo‘lib, deputatlar va mutasaddilar mazkur elektr energetikasi obyektida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari natijalari, uskunalarning texnik holati hamda elektr energiyasini uzatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🔺 O‘rganish davomida elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, ortib borayotgan elektr yuklamalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda uzilishlarning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔧 Shuningdek, podstansiyadagi texnik uskunalarning ishlash holati, modernizatsiya tadbirlarining elektr ta’minoti ishonchliligiga ta’siri, profilaktik ko‘riklar va ta’mirlash ishlarini tashkil etish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish masalalariga e’tibor qaratildi.

💡 Energiya samaradorligini oshirish, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish masalalari ham muhokama qilindi.

🗣 Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari filiali direktori Sh. Hamrayev mas’ulligida podstansiya faoliyati, amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

📋 O‘rganishda elektr energetikasi obyektlarining texnik xavfsizligi, mavjud infratuzilmaning barqaror ishlashi hamda aholi va ijtimoiy soha muassasalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga ustuvor e’tibor qaratildi.

➡️ Poytaxtda elektr ta’minoti va boshqa kommunal tizimlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10